Xalqaro ilmiy jurnallar

Maqolangiz uchun mos jurnalni topishga yordam beramiz.

Jurnal tanlash ilmiy maqolani nashr qilishdagi eng muhim bosqichlardan biridir. Biz maqolangiz mavzusi, ilmiy yo‘nalishi va maqsadiga mos jurnalni aniqlashda yordam beramiz.

Jurnalni qanday tanlaymiz?

Har bir maqola uchun jurnal individual tarzda ko‘rib chiqiladi. Faqat jurnal nomi yoki yuqori impact factor asosida qaror qilinmaydi.

🔬

Mavzuga mosligi

Jurnalning scope va maqolangiz ilmiy mavzusi o‘rtasidagi moslikni tekshiramiz.

🌍

Xalqaro indeksatsiya

Jurnalning tegishli xalqaro bibliografik va ilmiy ma’lumotlar bazalaridagi holatini tekshirishga yordam beramiz.

🆔

DOI

Jurnal va maqolalar uchun DOI tizimi mavjudligi va nashr ma’lumotlarini tekshirishga e’tibor beramiz.

📋

Author Guidelines

Jurnalning maqola formati, word count, reference style va boshqa muallif talablari ko‘rib chiqiladi.

💰

Nashr xarajatlari

APC yoki boshqa majburiy nashr xarajatlari mavjud yoki mavjud emasligini oldindan aniqlashga harakat qilamiz.

🛡️

Ishonchlilik

Jurnalning nashriyoti, editorial jarayoni va boshqa muhim belgilarini tekshirishga yordam beramiz.

Xalqaro ma’lumotlar bazalari muhim.

Jurnalning qaysi bazada indeksatsiya qilinishi maqolangizning maqsadiga qarab muhim mezon bo‘lishi mumkin.

S

Scopus

Ko‘plab ilmiy yo‘nalishlarda keng qo‘llaniladigan xalqaro bibliografik ma’lumotlar bazalaridan biri.

W

Web of Science

Ilmiy nashrlar va iqtiboslar bo‘yicha keng qo‘llaniladigan xalqaro platformalardan biri.

D

DOI

Ilmiy materiallarni doimiy raqamli identifikatsiya qilish imkonini beruvchi tizim.

+

Boshqa bazalar

Fan yo‘nalishiga qarab boshqa tegishli ilmiy indekslar va ma’lumotlar bazalari ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

Predatory jurnallardan ehtiyot bo‘lamiz.

Faqat jurnalning “xalqaro”, “tez nashr” yoki “Scopus” kabi reklama iboralariga ishonib qaror qilmaslik kerak. Jurnalning dolzarb holatini mustaqil tekshirish muhim.

Biz jurnal tanlashda mavjud ma’lumotlarni tekshirish, jurnal talablarini tushuntirish va ehtimoliy xavflarni aniqlashda yordam beramiz.

Jurnalning real mavjudligini tekshirish
Indexatsiya holatini tekshirish
Nashriyot va editorial jarayonni ko‘rib chiqish
Nashr xarajatlarini oldindan aniqlash
Jurnal scope'ini maqola bilan solishtirish

Nashriyotga majburiy to‘lov bo‘lmagan jurnallarni ham izlaymiz.

Agar tadqiqotchi maqolani nashr qilish uchun nashriyotga qo‘shimcha to‘lov qilmaslikni istasa, bunday talabni jurnal tanlash jarayonida hisobga olamiz.

APCsiz nashr imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz

Ayrim jurnallarda muallifdan majburiy Article Processing Charge talab qilinmaydi. Bunday jurnallarni aniqlashda yordam beramiz.

Biroq jurnalning to‘lov siyosati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Shu sababli har bir maqola uchun jurnalning amaldagi rasmiy ma’lumotlari alohida tekshiriladi.

Jurnal tanlangandan keyin nima bo‘ladi?

1

Talablarni o‘rganish

Jurnalning barcha asosiy author guidelines talablarini ko‘rib chiqamiz.

2

Maqolani moslashtirish

Manuscriptni tanlangan jurnalning format va texnik talablariga tayyorlashda yordam beramiz.

3

Submission

Submission tizimi va kerakli hujjatlar bilan ishlashni tushuntiramiz.

4

Reviewer va revision

Taqrizchilar fikrlarini tushunish va revision jarayonida hamrohlik qilamiz.

Muhim:

Jurnalning indeksatsiyasi, to‘lov siyosati, scope'i va boshqa xususiyatlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Shu sababli har bir maqola uchun tanlangan jurnalning amaldagi rasmiy ma’lumotlari alohida tekshiriladi. UzbekScholars maqolaning jurnal tomonidan qabul qilinishini kafolatlamaydi.

Maqolangizga mos jurnalni birgalikda izlaymiz.

Birinchi konsultatsiya — $10. Keyingi xizmatlarning narxi individual kelishuv asosida belgilanadi.

Konsultatsiyaga yozilish →