Konsultatsiya
Tadqiqotingiz, maqolangiz va xalqaro nashr maqsadingiz haqida suhbatlashamiz. Birinchi konsultatsiya — $10.
Bizning hamkorligimiz bir martalik xizmat bilan cheklanmaydi. Maqolangizning hozirgi holatidan boshlab, xalqaro jurnalga submission va reviewer jarayonlarigacha siz bilan birga ishlaymiz.
Har bir tadqiqotchi va maqolaning holati individual bo‘lgani sababli, jarayon ayrim loyihalarda farq qilishi mumkin.
Tadqiqotingiz, maqolangiz va xalqaro nashr maqsadingiz haqida suhbatlashamiz. Birinchi konsultatsiya — $10.
Manuscriptning strukturasi, ilmiy mantiqi, metodologiyasi, natijalari va taqdimotini ko‘rib chiqamiz.
Tadqiqotingiz mavzusi va maqsadiga mos xalqaro jurnallarni aniqlash hamda ularning talablarini tushunishda yordam beramiz.
Editing, proofreading, tarjima, formatlash, LaTeX, grafiklar va boshqa kerakli texnik ishlar bo‘yicha yordam beramiz.
Jurnal talablariga muvofiq fayllar, cover letter va boshqa zarur materiallarni tayyorlash hamda submission jarayonini tushuntiramiz.
Taqrizchilar tomonidan berilgan izoh va savollarni tushunish hamda ularga javob tayyorlashda yordam beramiz.
Reviewer tavsiyalari asosida maqolani takomillashtirish, javob xatini tayyorlash va qayta submission jarayonida hamroh bo‘lamiz.
Jurnalning yakuniy qarorigacha jarayonni kuzatishda va kerak bo‘lganda keyingi bosqichlarni tushunishda yordam beramiz.
Biz hamkorlik davomida butun nashr jarayonini sizga tushuntirib boramiz. Maqola muallifi sifatida barcha muhim bosqichlarda o‘zingiz ham faol qatnashasiz.
Maqsadimiz faqat bitta maqolani nashr qilishga yordam berish emas. Natijada keyingi maqolalaringizni xalqaro jurnallarga mustaqil ravishda topshirish va nashr qilish jarayonini yaxshiroq tushunishingizga yordam berishdir.
Hamkorlik davomida qarorlar va keyingi qadamlar siz bilan muhokama qilinadi.
Maqolangizdagi kuchli va yaxshilanishi kerak bo‘lgan jihatlarni ochiq muhokama qilamiz.
Muhim bosqichlarda savollaringizni berishingiz va jarayon bo‘yicha fikr almashishingiz mumkin.
Xizmatlar va keyingi qadamlar maqolangizning holati va ehtiyojingizga qarab belgilanadi.
Maqsadimiz — maqolani tegishli xalqaro jurnalga professional tarzda tayyorlash.
Biz professional maslahat, tahrirlash, texnik yordam va nashr jarayonida hamrohlik xizmatlarini taqdim etamiz. Biroq hech bir jurnalning maqolani qabul qilishini kafolatlay olmaymiz. Yakuniy qaror har doim jurnal muharrirlari va taqrizchilariga tegishli.
Birinchi konsultatsiya narxi — $10. Keyingi xizmatlarning narxi maqolangizning holati va individual ehtiyojlaringizga qarab kelishiladi.