Xalqaro ilmiy nashr

Ilmiy maqolangizni xalqaro jurnalga olib chiqishda yordam beramiz.

UzbekScholars — PhD va ilmiy tajribaga ega malakali, xalqaro tajribaga ega bo'lgan mutaxassislar jamoasi bo‘lib, tadqiqotchilarga xalqaro ilmiy jurnallarda maqola nashr qilish jarayonini tushunish va to‘g‘ri tashkil etishda yordam beradi.

PhD ilmiy tajribaga ega mutaxassislar
🌍 xalqaro nashr yo‘nalishi
🤝 individual yondashuv
UzbekScholars
🎓

Tadqiqotdan nashrgacha.

Bizning maqsadimiz — tadqiqotchiga xalqaro ilmiy nashr jarayonida bilim, yo‘nalish va amaliy yordam berish.

Research Review Submit Publish

Ilmiy nashr jarayonida ishonchli hamroh.

Xalqaro ilmiy jurnalga maqola topshirish ko‘plab tadqiqotchilar uchun murakkab jarayon bo‘lishi mumkin.

Jurnal tanlash, maqolani tayyorlash, texnik talablarni tushunish, submission, reviewer izohlari va revision kabi bosqichlarda tajribali mutaxassisning yo‘l-yo‘rig‘i muhim bo‘lishi mumkin.

UzbekScholars tadqiqotchining o‘rniga ilmiy ishni bajarishni emas, balki uning o‘z tadqiqotini xalqaro nashr talablariga mos ravishda tayyorlash va nashr jarayonini tushunishiga yordam berishni maqsad qiladi.

Bizning jamoamiz →

Bizning asosiy tamoyillarimiz.

Har bir tadqiqotchi bilan ishlashda ilmiy halollik, shaffoflik va individual yondashuvga e’tibor beramiz.

🎓

Ilmiy tajriba

Jamoamiz turli ilmiy yo‘nalishlarda tajribaga ega mutaxassislardan tashkil topadi.

🌍

Xalqaro yo‘nalish

Tadqiqotchilarga xalqaro ilmiy nashr jarayonini tushunishda yordam beramiz.

🤝

Hamkorlik

Tadqiqotchi jarayonning faol ishtirokchisi bo‘lib qoladi va muhim qarorlar birgalikda muhokama qilinadi.

🔎

Shaffoflik

Jarayon, xizmatlar va jurnal talablari haqida imkon qadar aniq ma’lumot beramiz.

Faqat bitta maqolaga emas, sizning ilmiy rivojlanishingizga yordam berish.

Hamkorlik davomida nashr jarayonining muhim bosqichlarini sizga tushuntirib boramiz. Maqola muallifi sifatida jarayonda faol qatnashasiz.

Maqsadimiz — kelajakdagi maqolalaringizni xalqaro jurnallarga yanada mustaqil ravishda tayyorlash va topshirishingiz uchun tajriba va bilimga ega bo‘lishingizga ko‘maklashish.

Jarayon haqida batafsil →
📚 Bilim va tajriba Research · Preparation · Submission · Revision
✓ Tadqiqotchi jarayon ishtirokchisi

Sizning tadqiqotingiz — sizning ilmiy ishingiz.

Bizning yordamimiz tahrirlash, maslahat, texnik tayyorgarlik, jurnal talablari, submission va boshqa ruxsat etilgan professional ko‘mak shakllariga asoslanadi.

  • ✓ Ilmiy halollikni qo‘llab-quvvatlaymiz.
  • ✓ Plagiat va soxta ma’lumotlarga qarshimiz.
  • ✓ Mualliflik huquqlariga hurmat bilan qaraymiz.
  • ✓ Tadqiqotchi jarayonning faol ishtirokchisi.
  • ✓ Mualliflik va contributor rollari shaffof bo‘lishi kerak.

Maqolangiz haqida gaplashamiz.

Birinchi konsultatsiya — $10. Keyingi xizmatlarning narxi maqolangizning holati, ish hajmi va individual ehtiyojlaringizga qarab kelishiladi.

Konsultatsiyaga yozilish →